27 avg 12:36
Yangiliklar
FOTO Egizak hakamlarimiz jahon chempionatining 6 ta o'yinini boshqarishdi, navbat klublar o'rtasidagi JCHga!
Ular mundialning 6 ta uchrashuvini boshqarib, o'zbek gandboli, qolaversa, mutaxassislarining saviyasini namoyish etishdi.
Referilarimiz quyidagi uchrashuvlarda ishlashdi:
Guruh bosqichi. Niderlandiya – Janubiy Koreya - 24:19.
Guruh bosqichi. Misr – Ruminiya - 24:36.
Asosiy bosqich. Xitoy – Norvegiya - 24:27.
23-o'rin uchun. Nigeriya – Kosovo - 18:21.
17-20 o'rinlar uchun (yarim final). Avstriya – Argentina - 23:25.
7-o'rin uchun. Xorvatiya – Yaponiya - 30:29.
Endilikda aka-uka Hasan va Husan Ismoilovlar 27 sentyabr - 3 oktyabr kunlari Misrning Qohira shahrida bo'lib o'tadigan XVII erkaklar klublari o'rtasidagi Jahon chempionatida ishlashadi.
Dunyoning 9 ta eng kuchli klublari ishtirokidagi uchrashuvlarni boshqarishga Misr, Bosniya va Gercegovina, Daniya, Franciya, SHimoliy Makedoniya, CHernogoriya, Urugvay va O'zbekistondan jami 16 nafar hakam jalb etiladi.
Fikrlar