So’nggi yangiliklar

09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0 08:03Фабио Каннаваро: "Ҳисоб 2:0 пайти "моторни ўчириб қўйдик". Футбол баъзида бешафқат эканини тушунишимиз керак" (Тўлиқ матбуот анжумани) 0 07:32Дана Уайт Двалишвили ва Нурмагомедовни қоралади: "Аҳмоқлар!" 0 07:01Алимханули Канело билан эҳтимолий жангга муносабат билдирди 0 21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0

03 noy 23:29
Yangiliklar

Boks/MMA

FOTO. G'ofur Rahimovning AIBA prezidenti lavozimidagi ilk matbuot anjumani

Teglar :  BoksG'ofurovAIBA
Hozirgina Moskva shahri markazidagi Kongress Xollda AIBAning yangi prezidenti o'zbekistonlik G'ofur Rahimov ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Bu G'ofurov uchun AIBA prezidenti lavozimidagi ilk matbuot anjumani edi. Ushbu marosim AIBA Ijroqo'miga barcha azolar tayinlanib bo'lingach, yangi qoidalar va o'zgarishlar ishtirokchilar tomonidan ovozga qo'yilib, tasdiqlangach o'tkazildi. Rahimovga AIBA Ijroiya qo'mitasining yangi azosi, Rossiya boks federaciyasi bosh kotibi Umar Kremlyov hamrohlik qildi.    

G'.Rahimov: Bugun AIBA uchun buyuk kun! So'zim avvalida o'n oylik mehnatimiz samarasini yuqori baholab, saylovda menga ovoz berganlar uchun rahmat aytmoqchiman. Menga bildirilgan ishonchni oqlash uchun astoydil harakat qilaman. SHuningdek, yangi saylangan vice-prezidentlar hamda Ijroqo'm azolarini ham tabriklayman. O'tgan davr mobaynida katta hajmdagi ishlarni amalga oshirdik. Lekin hali qiladigan ishlar juda ko'p. Birinchi galda Xalqaro olimpiya qo'mitasi bilan o'rtadagi “muzlik”ni olib tashlashimiz kerak. Bu jarayon oson bo'lmaydi, lekin biz boksimizning kelajagi yo'lida barchasiga tayyormiz. Bu bo'yicha ishlayapmiz.   

- Asosiy etibor qaysi masalalar hamda yo'nalishlarga qaratiladi?

G'.Rahimov: Bir nechta frontda islohotlar allaqachon boshlab yuborilgan. Hakamlik masalasini ancha to'g'ri yo'lga qo'yib oldik. Antidoping masalasida ham ijobiy tomonga o'zgarish kuzatilyapti. Lekin bu hali etarli emas. Ishlashda davom etamiz. 

U.Kremlyov: Bugun AIBA uchun tarixiy kun bo'ldi. Aynan bugundan jahon havaskor boksida yangi sahifa ochiladi. CHunki, biz birgalikda kuchli bo'lgan prezidentni tanladik. O'ylaymanki, yagona jamoa bo'lib, bir maqsad yo'lida ishlasak, qiyinchiliklarni birgalikda engib o'tamiz.

- Xalqaro olimpiya qo'mitasi bilan munosabatlarda ijobiy natijaga umid qilsa bo'ladimi?

G'.Rahimov: Bu masala bilan mening huquqshunosim Gay shug'ullanyapti. Matbuot anjumanidan so'ng undan o'zingizni shu mavzuda qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin. 

- Xalqaro Olimpiya qo'mitasi AIBAning kelajagiga soya solmaydimi?

G'.Rahimov: Ular bilan ijrochi direktorimiz muloqot olib bormoqda. Xalqaro olimpiya qo'mitasi bilan kelisha olmagan taqdirimizda ham dunyo boksining bundan jabr chekmasligi uchun harakat qilamiz.

Kamoliddin ALIMOV, Moskva, Rossiya Federaciyasi

Suratlar muallifi - Maruf Asqarov 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing