26 may 10:31
Yangiliklar
FOTO Kavkazliklar SHavkat Rahmonovni ko'chada ayovsiz kaltaklashdi (mi)?
O'zbekistonda tug'ilgan aralash yakkakurash ustasining o'zi bu gap-so'zlarga munosabat bildirdi.
"YouTube tarmog'ida meni kaltaklab ketishi haqida video tarqaldi. Bu haqida ko'pchilik meni o'zimdan ham so'rashyapti. Yaratganga shukur, menda hammasi joyida. Hech qachon hech kimga qo'l tekkizishmadi. Hech qachon va hech kimdan qo'rqmaymiz. Istalganiga va istalgan joyda "otvet" qila olamiz. SHunday ekan, bunday provakaciyalarga uchmang, aldanmang", — deya Rahmonovning so'zlarini keltiradi FightTime.
Malumot uchun, SHavkat Rahmonov navbatdagi jangini UFC yarimo'rta vazn toifasida reytingida 9-o'rinni egallab turgan Nil Magniga qarshi o'tkazadi. Ushbu jang 26 iyun kuni AQSHning Las-Vegas (Nevada shtati) shahrida bo'lib o'tadi. Rahmonov hisobida 39 ta jangdan 29 g'alaba bor.
Fikrlar