17 sen 10:04
Yangiliklar
FOTO Olimpiadadan keyingi ilk IJF musobaqasi qanday o'tdi?
Parij-2024 Olimpiadasidan keyingi ilk musobaqada sayyoramizning 4 qitasi 40 ta davlatidan jami 319 (186 erkak, 133 ayol) nafar dzyudochi medallar uchun bahs olib bordi. Yakunda kutilganidek, Yaponiya terma jamoasi medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. Dzyudo vatani vakillari 4 ta oltin va 1 ta bronza medalni qo'lga kiritishdi.
Franciya terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, qozog'istonlik dzyudochilar 2 ta oltin va 1 ta kumush medal bilan kuchli uchlikka yakun yasashdi. Niderlandiya va Vengriya terma jamoalari hisobida ham 2 nafardan chempion bo'ldi. Ukraina va Moldova delegaciyalari ham bittadan oltin medalga ega chiqishdi. Jami 21 davlat kamida bitta bronza medali bilan ortga qaytdi.
Fikrlar