16 mar 22:20
Yangiliklar
Boks/MMA

FOTO. Qudratillo Abduqahhorov va uning raqibi taroziga chiqdi
Xabar berganimizdek, ertaga professional bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov o'zining navbatdagi jangini Malayziyada o'tkazadi.
Hamyurtimizga chempionlik jangida vengriyalik Laslo Tot raqiblik qiladi. CHarm qo'lqop ustamiz ertangi jangida o'zining WBS Silver chempionlik kamarini himoya qiladi.
Bugun bokschilar tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Ularning har ikkisi ham belgilangan vazn meyorini bajarishdi. Keyin matbuot anjumanida ham qatnashib, savollarga atroflicha javob qaytarishdi.
Eslatib o'tamiz, Qudratillo Abduqahhorov chempionlik va qolgan hamyurtlarimizning reyting janglari “Sport” telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri namoyish etiladi. Ushbu jang translyaciyasi soat 17:00dan boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar