09 iyu 12:17
Yangiliklar
Boks/MMA
FOTO Volkanovski - Rodriges jangi to'xtatilguniga qadar hisob kimning foydasiga edi?
Las-Vegas shahrida bo'lib o'tgan UFC 290 turniri ham aralash yakkakurash olami tarixidan joy oldi.
Xabar berganimizdek, oqshomning markaziy jangi yarimengil vaznda amaldagi tashkilot chempioni, pound-for-pound reytingi peshqadami, avstraliyalik Aleks Volkanovski hamda meksikalik davogar Yair Rodriges o'rtasida bo'lib o'tdi.
Besh raundga mo'ljallangan chempionlik jangining uchinchi raundida Volkanovskining ketma-ket zarbalaridan so'ng referi bahsni to'xtatishga majbur bo'ldi. Biroz avval internetda ushbu jangning hakamlar hujjati aks etgan statistik malumoti paydo bo'ldi. Texnik nokaut qayd etilguniga qadar uchchala hakam ham ikki raundni to'liq chempion foydasiga baholagan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar