So’nggi yangiliklar

23:14ҒАЛАБА! Жавоҳир Синдаров Гукеш билан матчда олдинга чиқиб олди! 0 20:59Бивол 21-асрнинг энг севимли уч боксчисини айтди 0 19:45Жаҳон кубоги: 5 нафар боксчимиз ярим финалга йўл олди, яна бирида эса бронза 0 17:59"Ортга чекинмайман, тик туриб жанг қиламан" — Моралес Пратес билан жанг ҳақида 0 17:28Жаҳон чемпионати U-17. Ўзбекистон — Испания ўйинини бошқарадиган ҳакамлар бригадаси маълум 0 16:57Арман Царукяннинг Генри Сехудо бўйича "талаби" қондирилди + ФОТО 0 16:26Агит Кабайел WBC камари ҳимояси учун рингга кўтарилди 0 15:55"Бу гўдакни менга беринг" — Цаурукян Сехудога "вызов" ташлади ва дарҳол жавобини олди 0 15:24Бразилия Либертадорес кубогидаги ғалабалар сони бўйича Аргентинадан ўзиб кетди 0 14:53Гукеш Доммараджу: "Жавоҳир билан тенг кучли рақиблармиз!" 0 14:22Жаҳон кубоги. Кундузги дастурда рингга чиққан боксчиларимизнинг барида ғалаба. Олимпиаданинг амалдаги кумуш медали соҳиби мағлуб этилди 0 13:51Жавоҳир Синдаров: "Ҳаяжондаман!" 0 13:20"Уларга ҳакамнинг бағрикенглиги қўл келди". Моуринью ҳакамни танқид қилди 0 12:49Гандбол. Осиё чемпионатида кетма-кет иккинчи ғалабага эришдик! 0 12:18RAF 15 турнирининг барча натижалари: Царукян камарини ҳимоя қилди. Сехудочи? 0

12 mar 17:42
Yangiliklar

SHaxmat, Fotogalereya

FOTOGALEREYA: Poytaxtimizda 50 ming dollarlik Xalqaro turnir nihoyasiga etdi

Teglar :  SHaxmat
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida "Women’s Chess Championship" turniri o'z nihoyasiga etdi.

Umumiy sovrin jamg'armasi 50 ming AQSH dollari bo'lgan bu nufuzli turnirda 10 ta xorij davlatlaridan 100 nafardan oshiq shaxmatchi ishtirok etdi. Reyting natijalariga ko'ra, “A” va “B” guruhlariga bo'lingan shaxmatchilar 9 tur davomida o'z mahoratlarini namoyon eta oldilar. Yakuniy natijalarga ko'ra, Valentina Gunina “A” guruhida peshqadam bo'ldi. Ushbu guruhning keyingi o'rinlarini Nilufar Yoqubboeva va Anastasiya Bodnaruk egalladi.

14 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasida Nilufarxon Imomqo'zieva, 16 yoshgacha bo'lganlar o'rtasida Aliya Nurmanova, 20 yoshgacha bo'lganlar o'rtasida esa Zeynep Sultanbekova g'oliblik nashidasini surdi.

“B” guruhida g'olib va sovrindor bo'lganlar orasida hamyurtlarimiz Zilola Aktamova, Ozoda SHaxzodova, Malika Jumaeva, Sevinch Davlatova, Mumtozbegim Mansurova kabi shaxmatchilar bor.

I-Xalqaro turnirning g'olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimida Xalqaro shaxmat federaciyasi masullari, Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutasaddilari hamda shaxmat faxriylari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. 

Marosim davomida  Osiyo shaxmat federaciyasining “Osiyoning eng yaxshi yoshlar terma jamoasi” sertifikati mamlakatimiz yoshlariga tantanali ravishda topshirildi.

Suratlar muallifi: Alimurod Madaminov, olamsport.com muhbiri

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing