19 fev 16:14
Yangiliklar
Franciya Tel-Aviv "Katta Dubulg'a" turnirida birinchi bo'ldi (Foto+Jadval)
Sayyoramizning 5 qitasi 52 mamlakatidan jami 398 (224 erkak, 174 ayol) nafar dzyudochi musobaqa medallari hamda Parij-2024 Olimpiadasi yo'lidagi muhim reyting ochkolari uchun bahs olib bordi.
Uch kunlik bellashuvlar yakuniga ko'ra Franciya 3 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. Kanada terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, mezbonlar 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medali bilan kuchli uchlikka yakun yasashdi.
Tel-Aviv "Katta Dubulg'a" turnirida ishtirok etgan yagona dzyudochimiz Gulnoza Matniyazova afsuski, ilk davradayoq mo'g'ulistonlik raqibasiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Endi dunyo dzyudochilari 3-5 mart kunlari Toshkent "Katta Dubulg'a" turnirida ishtirok etish uchun poytaxtimizda jam bo'ladilar.
Fikrlar