20 fev 12:11
Yangiliklar
Dzyudo

Franciya terma jamoasining Toshkentga keladigan tarkibi malum
3-5 mart kunlari Toshkentda o'tadigan dzyudo bo'yicha Katta dubulg'a turnirida ishtirok etuvchi davlatlar soni ko'payib bormoqda.
Aralash jamoaviy dasturda amaldagi Olimpiada chempioni Franciya termasi ham poytaxtimizga katta tarkibda tashrif buyuradi. Evropaliklar bo'lajak musobaqaga 10 nafar erkak va 5 nafar ayol sportchini ro'yxatdan o'tkazishgan. Ular orasida Tokio-2020 bronza medali sohibi Luka Mxaidze ham bor. To'liq tarkib:
Erkaklar:
-60 kg: Luka Mxaidze va Sedrik Revol
-66 kg: Maksim Jober va Valide Xyar
-73 kg: Benjamin Axus va Joan-Benjamin Gaba
-81 kg: Alfa Omar Jalo va Tizie Gnamien
-90 kg: Maksim-Gael Ngayap va Aleksis Metyu
Ayollar:
-48 kg: Melanie Vieu
-52 kg: Xloya Deviktor
-63 kg: Agate Devitri
-70 kg: Laura Geberstok
+78 kg: Anne M Bairo
Havola :
Manba : olympic.uz
O’xshash yangiliklar
15:42
Boks bo'yicha erkaklar va ayollar terma jamoalarimiz Ozarbayjondagi xalqaro musobaqada qatnashadi 0
Fikrlar