16 iyu 14:43
Yangiliklar
Franciya veloturizm uyushmasi delegaciyasi Toshkentga keldi
Ushbu uchrashuv Franciyaning O'zbekistondagi elchixonasi ko'magi va tashabbusi bilan tashkil etildi. Tadbirda Mishel Arnu bilan birga Franciya Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasi vakili Klement Kare hamda O'zbekiston Respublikasi turizmni rovjlantirish davlat qo'mitasi vakillari qatnashdilar.
Rasmiy uchrashuv kun tartibida O'zbekiston velosiped sporti Federaciyasi hamda Franciya Respublikasining veloturizm uyushmasi o'rtasidagi o'zaro hamkorlik borasida bir qator masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv so'nggida O'zbekiston velosiped sporti Federaciyasi hamda Franciya veloturizm uyushmasi o'rtasida o'zaro hamkorlik bo'yicha kelishuv imzolandi. Rejaga ko'ra, 2019 yilning aprel oyida havaskorlar o'rtasida Marakaziy Osiyo davlatlari o'rtasida velotur o'tkaziladi.
Fikrlar