02 sen 12:50
Yangiliklar
Franciyada Jahon chempionati medallari uchun kurash davom etmoqda
Yilning ushbu nufuzli musobaqasida O'zbekiston terma jamoasi ham to'liq tarkibda ishtirok etyapti. Bugun jahon chempionatining to'rtinchi kunida ayollar kurashi bo'yicha bahslar davom ettiriladi. Aniqrog'i, 48, 55, 63 hamda 72 kg vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi.
Ayollar kurashi terma jamoamiz azolaridan bugun uch nafari gilamga chiqadi. 55 kg vaznda SHahodat Jullibaeva, 63 kg vazn toifasida Xolbozor Norboeva, 72 kg vaznda esa Lolaxon O'rinboeva jahon chempionati medallari uchun bahslarga kirishadi.
Eslatib o'tamiz, bizga ushbu jahon chempionatidagi ilk va hozircha yagona bo'lib turgan medalni istedodli sportchimiz o'smirlar o'rtasidagi Nankin Olimpiadasi g'olibi, Osiyo chempioni Ilhom Bahromov keltirgandi. U finalda rossiyalik raqibiga imkoniyatni boy berib, jahon vice-chempioniga aylangandi.
Fikrlar