30 sen 12:04
Yangiliklar
Triatlon
Franciyadan mahalliylashtirilgan triatlonchi O'zbekiston uchun ikkinchi medalini taqdim etdi
Ikki kun davomida Qozog'istonning Turkiston shahrida triatlon bo'yicha Osiyo kubogi bosqichi o'tkazildi.
Musobaqada ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi azolari 1 tadan oltin va bronza medallariga sazovor bo'lishdi.
Oltin medalni ayollar o'rtasidagi bahslarida Alina Hakimova qo'lga kiritdi. Erkaklar o'rtasidagi bellashuvlarda esa Jeremi Kuindos marra chizig'ini uchinchi bo'lib kesib o'tdi.
Olamsport.com iyul oyida triatlon bo'yicha ko'plab xalqaro turnirlar g'olib va sovrindori, Franciya chempionati kumush medali sohibi Jeremi Kuindos O'zbekiston terma jamoasi safiga o'tgani haqida xabar bergan edi.
Malumot uchun, Jeremi Kuindos 2011-2023 yillar davomida Franciya terma jamoasi azosi sifatida bir qancha musobaqalarda ishtirok etib, g'olib va sovrindorlar safidan joy olgan.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar