So’nggi yangiliklar

21:34Яхши хабар! Рамазон Темиров рейтингга қайтарилди 0 19:08Шаҳрамга ҳам, Шоҳжаҳонга ҳам муддатидан аввал ютқазган Марк Урванов Ғиёсов — Эргашев эҳтимолий жангида ким ғалаба қозонишини айтди 0 18:37Манба: Манчини — Италия терма жамоаси бош мураббийи! 0 18:03Рамазон Темировга Стив Эрцегдан олдин бошқа рақиб таклиф қилинган экан 0 17:25Гукеш ва Синдаров ўртасидаги Жаҳон тожи учун баҳс қачон ва қаерда ўтказилиши расман эълон қилинди 0 16:56Арман Царукян тўрт кундан кейин ўз юртида жанг қилади + ПОСТЕР 0 16:27Расман: Зидан — Франция терма жамоаси бош мураббийи! 0 16:00UFC Fight Night 282. Гусковда фаолиятидаги энг катта гонорар, Темировда ҳам! 0 15:19Таэквондо терма жамоамиз “Kim Un Yong Cup” халқаро турнирини умумжамоа ҳисобида иккинчи ўринда якунлади 0 14:43Ғалабадан кейин Рамазон Темировга UFC юлдузлари обуна бўлишди. Улар қайси жангчилар эди? 0 14:08Ўзбекистон миллий терма жамоаси октябрь ойида Жанубий Корея билан ўйнайди 0 13:29Богдан Гусков: «Анкалаевга унчалик ҳам осон бўлмади» 0 12:57Самарқанд 2027 йилда йирик халқаро турнирни қабул қилади 0 12:26Жаско коач Рамазон Темировнинг Асу Алмабаевга қарши эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 11:50"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси аъзоси билан келишиб олди 0

11 mar 08:51
Yangiliklar

Boks/MMA

Franciyalik mutaxassis o'zbek bokschilarining Olimpiada-2028`dagi imkoniyatlariga baho berdi

Xabaringiz bor, "Stranja" turnirida bokschilarimiz ajoyib natijalar qayd etishdi.

Mazkur musobaqani franciyalik bloger, ijtimoiy tarmoqlarda RienQuelaBoxe nomi bilan tanilgan Mussa Mang ham keng ko'lamda yoritib borgan edi. Biz u bilan turnir mobaynida do'stlashdik va kuni kecha Mussa bilan bog'lanib, qisqacha suhbat qurdik. 

- O'zbekistondan salomlar!

- Mendan ham salomlar bo'lsin!

-  "Stranja" turnirini ajoyib tarzda yoritding, taassurotlar qanday? 

- Albatta, ijobiy. Juda qiziqarli bo'ldi. 

- O'zbekiston terma jamoasi ishtiroki haqida qanday fikrdasan? 

- Men uchun musobaqada o'zbek bokschilari katta ustunlikka ega bo'lishdi. Jamoangiz 4 ta jahon chempioni va ko'plab etakchilar qatorida Ozodbek Aliev kabi ilgari biz ko'rmagan yosh istedodlar bilan tashrif buyurishdi. Ayollar orasida ham chempionlar va finalchilar ko'p bo'ldi. O'zbek qizlari ham erkak bokschilar kabi yuqori darajaga chiqib borishmoqda.

- Do'stim, senga qaysi bokschimizning harakatlari  ko'proq yoqdi?

- To'rabek Habibullaev hamda Fazliddin Erkinboev. Alohida bittasini takidlash kerak bo'lsa, Habibullaevni aytgan bo'lardim. CHunki unda raqobat juda kuchli bo'ldi. 

- Qizlarimizdan-chi? 

- Navbahor Hamidovaning uslubi menga ko'proq yoqadi. Milanda bo'lib o'tgan Olimpiya saralash turnirida uning harakatlaridan zavq olgandim. SHuningdek menga Sabina Boboqulova, Feruza Kazakova, Aziza Zokirova va shu musobaqada taniganim Nigina O'ktamova ham yaxshi taassurot qoldirdi.

- Umuman o'zbek boksi haqida nimalarni ayta olasan? 

- Men o'sha Sobiq Ittifoq boks uslubi muxlisiman. Tabiiyki, o'zbek va butun Markaziy Osiyo boksini qadrlayman. Natijalar ham buni tasdiqlab turibdi. Qozog'istonlik do'stlarimga hurmatni saqlagan holda aytishim mumkin-ki, hozir o'zbek boksi oldinda. Bir qator buyuk chempionlariga ega.

- Nima deb o'ylaysan, O'zbekiston terma jamoasi Los-Andjeles Olimpiadasida ham eng ko'p oltin medalni qo'lga kirita oladimi? 

- Parij Olimpiadasidagi natijani takrorlash qiyin bo'ladi. Ko'p davlatlarda boks rivojlanyapti va jiddiy tayyorlanishmoqda. Biroq O'zbekiston o'zining yuqori darajasini saqlab qolsa va ayollar terma jamoasi 2024 yilga nisbatan raqobatbardoshroq bo'lsa, eng ko'p oltin medallarni qo'lga kiritishi mumkin. Nega endi bunday kuchga ega jamoa eng ko'p medallarni qo'lga kiritishni maqsad qilmasligi kerak?

- Yana qaysi o'zbek bokschilarini yaxshiroq  bilasan?

- Men ko'pchiligini kuzatib va yaqindan taniy boshladim. Yuqorida aytib o'tganlarimdan tashqari Samandar Olimov, Isroilov, Ummataliev, Zokirov, Do'smatov, Boltaev, Mo'ydinxo'jaev,  Jalolov, Jalilov, Arman, professional boksdagi Meliqo'ziev va Ahmadalievni kuzatib boraman.

- O'zbek bokschilarining kuchli jihati nimada deb o'ylaysan? 

- Bu fel-atvorda! Raqibdan ko'ra ko'proq narsani qila olishga qatiylik bor. Yana takrorlayman, bokschilaringizni oldinga boshlaydigan jihat kuchli xarakter!

- Vatandoshlaring va bizga yaxshi tanish bo'lgan Billal Bennama hamda Sofiyan Umiyani navbatdagi Olimpiadada ham ko'rishimiz mumkinmi? 

- Bugungi Bilal Bennama uchun 2028 yilgi Olimpiya o'yinlari juda qiyin variant... Lekin u Parijda boy berilgan oltin medalni xohlaydi. Sofiyan Umiyaga kelsak, u to'rtinchi bor Olimpiadada ishtirok etish istagini bildirmayapti. To'g'risi bu meni hayratda qoldirmoqda. Lekin aslida nima bo'ladi, hozircha nomalum.

- Mussa senga omad tilayman va o'z o'rnida butunjahon boksi rivojidagi mehnatdan aslo charchama!

- Senga ham rahmat. SHu o'rinda aytib o'tmoqchiman-ki, o'zbek bokschilari bilan uchrashish va ular bilan muloqotda bo'lish menga juda yoqdi. Ular meni xuddi qozog'istonlik do'stlarim kabi kutib olishdi. Xalqingiz juda saxovatli, bu ham ularning kuchi. Murabbiyingiz To'lqin Qilichevni 2024 yilgi Olimpiya saralash turnirida birinchi marta Italiyada uchratgandim. U bilan yana ko'rishganimdan xursand bo'ldim. Bu safar qisqacha suhbatlashdim. Sog'lig'i tufayli muntazam Parijga borayotgan ekan. Unga salomatlik tilayman. Alloh O'zbekistonni va atrofidagi mamlakatlarni o'z panohida saqlasin!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing