15 okt 18:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Fransis Ngannu: "UFC mening obro'yimni to'kishga harakat qilyapti"
Og'ir vazn toifasida UFC chempion Fransis Ngannu promoushen bilan munosabatlari haqida gapirdi.
"MMA boksga qaraganda ancha qiyinroq. Men mashg'ulotlar lageri uchun qarz olmasdan, janglarga tayyorlanishni xohlardim. Qachondir men boksga pul uchun o'taman. Men tashkilotga huruj qilmayapman, shunchaki o'zimning huquqlarimni eslatyapman.
UFC esa mening obro'yimni to'kishga harakat qilyapti. Qanday qilib ular bilan hamkorlik qilishimiz mumkin, bilmadim.
UFC menga biroz etibor qaratishini va ular uchun baribir emasligini ko'rsatishini xohlardim. Menga kamarni sovg'a qilishgani yo'q, men titul uchun mehnat qildim va unga erishdim", -deydi Fransis Ngannu.
Eslatib o'tamiz, Fransis Ngannu keyingi jangini 22 yanvar kuni Siril Ganga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar