01 dek 10:41
Yangiliklar
Frensis Ngannu nima uchun Siril Gan bilan jangda imkoniyatlaridan to'liq foydalana olmaganini aytdi
Frensisning so'zlariga ko'ra, ikkinchi raunddan so'ng u mag'lub bo'layotganini anglab etgan va shu bois taktikani o'zgartirishga qaror qilgan.
"Ikkinchi raunddan keyin yutqazayotganimni angladim. Keyin bunday davom etib bo'lmaydi. Jang qilish kerak deb o'yladim", - dedi Ngannu.
SHuningdek, Ngannu jarohatlangan tizzasidan xavotirda bo'lganligi va shu sabab bu jangda o'z imkoniyatlarini to'liq ko'rsata olmaganini tan oldi.
"Ha, albatta, tizzam haqida doim o'ylardim. Jang qilayotganimda oktagon silliq ekanligini angladim. Keyin: "Bu hazil, tizzam har qanday vaqtda noto'g'ri tomonga sirpanib ketishi mumkin", deb o'yladim. SHuning uchun imkon qadar barqaror bo'lgan poziciyani topishga harakat qildim. Ammo, bu menga yaxshi harakat qilishimga imkon bermadi", - dedi Ngannu.
Eslatib o'tamiz, Frensis va Siril UFC 270 turnirida to'qnash kelishgan va ochkolar hisobida Ngannu g'alaba qozongan.
Fikrlar