28 apr 11:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Frensis Ngannu UFC kamarini Kamerunga olib keldi FOTOGALEREYA
Stipe Miochich ustidan qozonilgan ajoyib g'alabadan bir oy o'tib, og'ir vaznda amaldagi UFC chempioni Frensis Ngannu o'z yurti Kamerunga qaytdi.
Kamerunlik "Dahshat"ni o'z yurtida millat qahramoni sifatida kutib olishdi. Ngannu shahar gubernatori qabulida bo'ldi va shundan so'ng u joy olgan kortej shahar ko'chalarini aylanib chiqdi. Minglab kishilar uni olqishlash uchun hozir bo'lishgan.
Eslatib o'tamiz, kamerunlik chempionning navbatdagi raqibi amerikalik Derrik Lyuis bo'ladi. Ammo, hozircha chempionlik jangi rasman elon qilinmagan.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar