17 fev 12:01
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari
Fristayl. Xyofflin sloupstaylda Olimpiada chempioni bo'ldi
Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida o'tkazilayotgan Qishki olimpiya o'yinlarining yana bir yo'nalishida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi.
SHveycariyalik fristaylchi Sara Xyofflin sloupstayl yo'nalishidagi musobaqada eng yaxshi natija bilan Olimpiada chempioni bo'ldi. U 91,20 ball to'plashga erishdi.
Ikkinchi o'rinni yana bir shveycariyalik sportchi Matilda Gremo (88,00) egalladi. Bronza medali britaniyalik Izabel Atkin (84,60)ga nasib etdi. Rossiyalik fristaylchilardan eng yaxshi natijani Anastasiya Tatalina ko'rsatdi - 12-o'rin.
Fristayl. Ayollar. Sloupstayl. Final
1. Sara Xyofflin (SHveycariya) — 91,20
2. Matilda Gremo (SHveycariya) — 88,00
3. Izabel Atkin (Buyuk Britaniya) — 84,60
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar