09 iyu 07:36
Yangiliklar
Boks/MMA
Furqatbek Yoqubov: "Abu-Dabidagi UFC turnirida qatnashishga tayyorman"
O'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Furqatbek Yoqubov zaxira jangchisi sifatida UFC'ga o'tishga umid qilmoqda.
"Men jangchi tabiatiga ega odamman. Zaldan tashqarida paytim shunchaki uyda o'tirishni istamayman. Doim mashq qilaman, ha, jangga tayyorgarlik paytidagidek og'ir emas, lekin kuniga ikki mahal mashg'ulotlarda qatnashaman. Ko'plab rejalar bor. Raqibim ham malum. Tayyorgarlikni ertaroq boshlashni istadim. Asosiy maqsadim 25 iyul kuni Abu-Dabida o'tkazilidigan UFC turniriga tayyor turish. Men shu erda yashayman, agar kimdir turnirda ishtirok eta olmasa, zaxira jangchisi sifatida turnirda ishtirok etishga tayyorman. Umid qilamanki, menga shunday imkoniyat beriladi", deydi Yoqubov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar