23 okt 10:58
Yangiliklar
Boks/MMA
Furqatbek Yoqubovning GFC 18 turniridagi jangi bekor bo'ldi
25 oktyabr kuni Gruziyaning Batumi shahrida GFC 18 musobaqasi o'tkaziladi.
Ushbu musobaqada hamyurtimiz Furqatbek Yoqubov Filippin vakili Jenil Fransiskoga qarshi bahs olib borishi kerak edi.
Lekin raqibda viza bilan bog'liq muammolar paydo bo'lgandi. SHu sababli Furqatbekka boshqa raqib izlanayotgandi.
Ammo tashkilot sportchimizga raqib topa olmagan ko'rinadi va shu sababli Yoqubov GFC 18 turnirida jang qilmaydi.

Havola :
Fikrlar