25 jan 08:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyodor Emelyanenko: Menga Makgregorning ishi yoqmayapti
Rossiyalik mashhur aralash qoidalar jangchisi Fyodor Emelyanenko ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor haqida fikr bildirdi.
“Makgregor? SHaxsan menga uning qilayotgan ishlari yoqmayapti. O'ylashimcha, u birinchi galda tiliga extiyot bo'lishi lozim. Albatta, sportda shou ham kerak, lekin hamma narsaning ham chegarasi bor. Konor odamlarni o'ziga qaratish yo'lida hech narsadan qaytmayapti. Eng yomoni, odamlarning o'zi ham negativ narsalarga etibor qaratadigan bo'lib qolyapti”, - dedi Emelyanenko.
Eslatib o'tamiz, Fyodor Emelyanenko 25 yanvar kuni AQSHda Bellator Gran-prisining final jangida amerikalik Rayan Beyderga qarshi oktagonga chiqadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar