09 sen 11:09
Yangiliklar
Fyodor Emelyanenko Umar Nurmagomedovga maslahat berdi
"Xulosa chiqarish kerak va oldinga intilish lozim! Umarning hozirgi ruhiy holati yaxshi emasligini tushunaman, lekin biz ring yoki oktagonga chiqqanimizda, faqat bitta g'olib "qafas"dan chiqishini anglashimiz kerak. Albatta, barchamiz g'alaba qozonishni istaymiz, ammo ertami-kech mag'lubiyat yuz berishi mumkin. Bunga tayyor turish kerak. Xudoning yordami bilan buni engib o'tish va oldinga qarab harakat qilish kerak. Xulosa chiqarib, tahlil qilishda davom etish lozim", — dedi Emelyanenko Mojayskdagi mahorat darsi chog'ida matbuot vakillari bilan suhbatda.
SHanxaydagi UFC Fight Night 286 turnirida xitoylik raqibiga imkoniyatni boy bergan Umar Nurmagomedov UFC engil vazn toifasi meta-reytingida ikkinchi o'rindan beshinchi o'ringa, matbuot reytingida esa uchinchi o'rindan to'rtinchi o'ringa tushib ketdi.

Fikrlar