13 jan 13:15
Yangiliklar
Boks/MMA
Fyuri 2026 yilda uchta jang o'tkazishi mumkin – menejer
Prof boksning superog'ir vaznida sobiq jahon chempioni Tayson Fyurining menejeri Spenser Braunning aytishicha, bokschi joriy yilda uchta jang o'tkazishi mumkin.
"Men barchaga Tayson qaytishini aytdim. U qaytdi, yana boksga oshiq bo'ldi. Fyuri bir yillik tatil olgandi. Biz bu yil uchta jang o'tkazishni rejalashtiryapmiz. U uchta jang o'tkazmoqchi. Tayson hozirda Tailandda mashg'ulotlar o'tkazmoqda.
Fyuri istalgan raqib bilan jang qilishga tayyor. Men uning birinchi jangi Manchesterda bo'lishini istardim. Raqiblar orasida Fabio Uordli, Arslanbek Maxmudov kabi nomzodlar bor", deya Braunning so'zlaridan iqtibos keltiradi Ready to Fight nashri.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar