06 may 12:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri 32 million dollar gonoraridan 4 dollar xayriya qildi
Superog'ir vazn toifasida WVC chempioni Tayson Fyuri xayriya do'konidan 3,75 dollarga (3 funt sterling) ko'zoynak sotib oldi.
Tayson hamyurti Dillian Uaytni mag'lub etgani uchun 32 500 000 dollar (26 million funt sterling) gonorar olganidan keyin aynan shu ishni amalga oshirdi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda. Yaqin atrofdagi muxlislardan biri Tayson bu vaqtda juda baxtli ko'ringanini aytdi.
"U juda xotirjam va kayfiyati yaxshi edi. Tayson xodimlardan ishlari qanday ketayotgani haqida so'radi va muxlislar bilan suratga tushishga rozi bo'ldi. Bunday boy odamning savdo do'koniga tushib qolishiga ishongim kelmaydi", — dedi o'sha jarayonda qatnashgan muxlislardan biri.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar