29 dek 18:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Fyuri: "Hatto otam ham boksni unutishim haqida gapirgandi"
Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri boksda oson bo'lmagan yo'li haqida gapirdi.
"Agar minglab bokschilar haqida gapiradigan bo'lsak, juda kamchilik bokschi nimagadir erisha oladi. Ular boksdan ketishlari yoki ular bilan nimalardir ro'y berishi mumkin. Ko'pchiligi esa shunchaki "hayr" deb ketadi. Siz qattiq ishlashingiz va nimagadir erisha olmasligingiz haqida gapiradiganlarga etibor bermasligingiz kerak. Aniq aytaman, hattoki eng yaqin odamlaringiz ham "Bu haqida unut" deyishadi. Otam ham menga boksni unutishim lozimligi haqida gapirgan.
Agar siz 30 yoki 40 yosh bo'lsangiz va uddalay olmasangiz, bu muvaffaqiyatsizlik emas. Bu muvaffaqiyat. Agar siz harakat ham qilib ko'rmasangiz, bu muvaffaqiyatsizlik bo'ladi", - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : IFL TV
Fikrlar