28 okt 15:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri hech kim kutmagan bokschiga qarshi jang qiladi
Xabaringiz bor, superog'ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Tayson Fyuri 5 dekabr kuni ringga chiqadi.
Malumotlarga qaraganda chempionning navbatdagi raqibi Kanada vakili Saymon Kin (19-1, 18 KO) bo'ladi. Promouterlar muzokaralarni allaqachon boshlab yuborishgan va tez orada rasmiy malumot beriladi. 31 yoshli bokschi faoliyatidagi barcha janglarini Kanadada o'tkazgan. U so'nggi bor shu yilning fevral oyida Daniel Marcga qarshi jang qilib, g'alaba qozongan. Kin hozirda WBC reytingining 25-o'rnidan joy olgan.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar