10 dek 15:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri Joshua - Pulev jangiga bormasligini aytdi
12 dekabr kuni superog'ir vazn toifasida jahon chempioni Entoni Joshua Kubrat Pulevga qarshi himoya jangini o'tkazadi.
Joshua ushbu jangdan so'ng WBC kamari sohibi Tayson Fyuriga qarshi jang qilmoqchi. Fyuri ushbu jangga taklifnoma olgan, ammo bahsga tashrif buyurmasligini aytdi.
"Bu Tayson Fyuri, "Lo'lilar qiroli". Bu hafta xech qanday boks janglariga bormoqchi emasman. SHu sababli - ushbu boks oqshomiga borishim haqidagi mish-mishlar noto'g'ri.
"Lo'lilar qiroli" tomonidan mushakbozliklar, qandaydir harakatlar kutmang, chunki men ishlayapman", - dedi Tayson Fyuri.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar