07 dek 15:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri Joshuaga: Hozir men mashhurlikka emas, seni basharangni "buzishga" qiziqyapman
Superog'ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Tayson Fyuri WBA, WBO, IBF va IBO kamarlari sohibi Entoni Joshuaning tanqidlariga javob berdi.
Avvalroq Joshua "Fyuri chempion bo'lsa ham, unchalik mashhur emasligi, superyulduz bo'lish uchun boshqacharoq harakat qilishi kerakligini" aytgandi.
Tayson Fyuri Joshuaning bu gaplariga juda keskin javob berdi.
"Buni senga og'irligi tushyaptimi? Men mashhurlik yoki superyulduzlikka qiziqmayman. Men haqiqiy jangchiman va hozir seni basharangni "buzishga" qiziqyapman. Sen yulduz bo'l. Men haqiqiy bo'lib qolaman. Yoningga ketyapman superyulduz, meni kut", - deb yozdi Tayson Fyuri o'z tvitter sahifasida.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar