14 jan 18:34
Yangiliklar

Fyuri Klichkoga: "Usik va sen birgalikda ham men kabi bokschini hech qachon enga olmaysizlar"
Klichko Usikning tarafini olib, Tayson Fyuri o'zi bilan jangga oz fursat qolganda dopingga musbat test topshirganini eslatib qo'ygandi.
"Vladimir Klichko, afsuski, seni fikringga ko'pchilik ham qo'shilmaydi. Sababi, sen 12 raund ham turib berolmaydigan bokschisan, yalangoyoq. Seni davring o'tdi, qariya. Usik va sen birgalikda ham men kabi bokschini hech qachon enga olmaysizlar.
SHuncha yil o'tgandan so'ng, ko'zimga tik qarashga kuch topding, katta og'zing ochildi. Sen o'shanda birorta zarba berolmaganding va men barcha kamarlaringni tortib olgandim. Qara, bu kamarlar qachonlardir seniki edi. Endi esa ular meniki. Sen Usik menga qarshi nimadir qila olishidan umid qilayotgan qari to'nkasan", - deydi Tayson Fyuri.
Fikrlar