11 apr 07:11
Yangiliklar
Fyuri Mahmudovdan og'irroq tosh bosdi (barcha tarozi natijalari)
Kecha tunda oqshom ishtirokchilari rasmiy tarozidan o'tish va so'nggi face to face marosimida hozir bo'lishdi. Kechaning asosiy jangi superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni, britaniyalik Tayson Fyuri hamda germaniyalik Arslanbek Mahmudov o'rtasida o'tkaziladi.
O'n olti oylik tanaffusdan so'ng ringga qaytayotgan "Lo'lilar qiroli" tarozida raqibidan og'irroq tosh bosdi. U oxirgi marta Aleksandr Usik bilan revansh jangiga 127,46 kg ko'rsatkich bilan o'zining rekord vaznida ringga chiqqandi. Ammo bu britaniyalikka kamarlarni qaytarishga yordam bermagandi. Bu safar Tayson 121.52 kg, asli rus germaniyalik esa 120.16 kg natija ko'rsatdi.
Oqshomning co-main event jangi ishtirokchilari Konor Benn va Rejis Progreys mos ravishda 67.81 kg va 67.18 kg vazn ko'rsatib, belgilangan meyorni bajarishdi.
Barcha tarozi natijalari:
Tayson Fyuri (121.52 kg) – Arslanbek Mahmudov (120.16 kg)
Konor Benn (67.81 kg) – Rejis Progreys (67.18 kg)
Jeymi CHikeva (119.16 kg) – Richard Riakpore (106.19 kg)
Freyzer Klark (72.17 kg) – Jastis Xuni (111.65 kg)
Breyon Gorem (64.02 kg) – Eduardo Kosta (63.56 kg)
Mayki Tellon (51.31 kg) – Leandro Blank (51.57 kg)
Pavel August (77.43 kg) – Simon Zaxenxuber (76.93 kg)
Feliks Kesh (73.55 kg) – Liam O’Xara (73.57 kg)
Sultan Al-Moxamed (59.03 kg) – Ektor Lozano (59.51 kg)
Elliot Ueyl (67.72 kg) – Tom Xill (67.31 kg)

Fikrlar