13 jan 07:39
Yangiliklar
Fyuri o'z vazni haqida: "SHunday qorin bilan hammani yutganman"
37 yoshli bokschi Aleksandr Usikdan ketma-ket ikki mag'lubiyatdan so'ng ringga qaytishga tayyorgarlik ko'rmoqda va shu munosabat bilan ijtimoiy tarmoqlarda video murojaat joyladi.
"Bir necha izohlarni o'qidim: go'yo biroz semirib ketibman, to'lishibman, semiz ko'rinaman… Mening dunyoimga xush kelibsiz. Men doim shunday bo'lganman. Qalin qorin bilan hammani yutganman. Ilgari bu ahamiyatli emas edi, nega hozirga kelib bu ahamiyatli bo'lishi kerak?
Hozir taxminan 127 kg atrofidaman, balki qaytishimga qadar 120 kg gacha ozarman. Buni juda intiqlik bilan kutyapman. Uzoq vaqt yo'q edim, endi qaytyapman. Agar birinchi chorakda jang qilsam, taxminan 16 oylik tanaffus bo'ladi. Ha, 37 yoshli bokschi uchun bu juda katta muddat. Yana nimaga qodir ekanimni ko'ramiz", — dedi Fyuri.
Fikrlar