29 sen 19:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri: Pulev Joshuani nokautga uchrata oladi
"Lo'lilar qiroli" bolgariyalik bokschining g'alaba qozonishi mumkinligini aytdi.
WBC chempioni, superog'irvaznli bokschi Tayson Fyuri (30-0-1, 21 KO), uch vazn toifasi bo'yicha chempion Entoni Joshua (21-1, 21 KO) va bolgariyalik Kubrat Pulev (28-1, 14 KO) o'rtasidagi jang borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Ishonchim komilki, Pulev Joshuani nokautga uchratadigan bo'lsa revansh jangi ham bo'lib o'tadi. Agar u yomon jangchi bo'lib chiqmasa, unga omad ikki marta kulib boqishi mumkin. Ularning ikkisi ham yirik bokschilar. Har ikkisi ham bu bahsda g'alaba qozonishi mumkin.
Endi Ruis Joshuani nokaut qila olgan ekanmi, Pulev ham buni uddalay oladi. Pulev Ruisga qaraganda kattaroq bokschi, zarbasi ham kuchliroq",-dedi Tayson Fyuri.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar