10 noy 18:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri: Superog'ir vazndagi TOP-15 jangchilardan hech biri Usikdan qo'rqmaydi
WBC bo'yicha jahon chempioni Tayson Fyuri Aleksandr Usikning superog'ir vazndagi kelajagi haqida fikr bildirdi.
"Usik eng zo'r formasini ko'rsatdimi? Bo'lishi mumkin. Lekin, bu jangga qarab shuni ayta olamanki, superog'ir vazndagi TOP-15 jangchilardan hech biri Usikdan qo'rqmaydi. Hamma "Mana shu jang uchun shuncha vahima qilishdimi?", -deyapti.
Bu axir superog'ir vazn. Bu vazndagi jangchilar boshqa darajada. CHisora superog'ir vazndagi eng kichik jangchi bo'lsa kerak. Lekin, Usik meni hayron qoldira olmadi", -dedi Tayson Fyuri.
Havola :
Manba : Championat.com
Fikrlar