17 iyu 18:10
Yangiliklar
![](/upload/storage/227058_220.jpg)
Fyuri Uaylder bilan trilogiyadan avval shifoxona polida uxlaganini aytdi
"Uaydler bilan uchinchi jang oldidan yig'inda edim. Birdaniga, iyul oyida jamoamiz bilan Covid'ga chalindik. Uyga bordik, Peres o'shanda oltinchi farzandimiz uchun bosh-qorong'u edi, chaqaloq dunyoga keldi. U tug'ilganida, yuragida kamdan-kam uchraydigan xastalik mavjud edi. SHifokorlar uning yurak urishini maromiga keltira olmadi. Men buning qanchalik jiddiyligini haqiqatan ham bilmas edim. Uaylder bilan uchinchi jangdan avval mashg'ulot olib borib, shifoxona polida uxlar edim", - deya Fyurining so'zlarini keltiradi talkSPORT nashri.
Eslatib o'tamiz, Uaylder — Fyuri trilogiyasi 2021 yil 10 oktyabr kuni bo'lib o'tgan.
Avvalroq, Tayson uni tinch qo'yishlarini, boshqa jang qilishni istamasligini aytgan edi.
Fikrlar