09 okt 07:46
Yangiliklar

Fyuri - Uaylder jangining shu yil o'tkazilishiga shubha bor
Ammo taniqli promouter Frenk Uorren bu jang pandemiya paytidagi moliyaviy yo'qotishlar sabab bu yil o'tkazilishiga shubha qilayotganini bildirdi. Fyurining o'zi esa bir necha bor jangga tayyorligini aytgan.
"Fyuri jangga tayyorligi aniq. U muntazam mashq qilmoqda. U ringga chiqishni xohlaydi. Agar Uaylder bilan jang o'tkazilmasa, unda boshqa raqib topishimizga to'g'ri keladi. Uaylder bilan jang esa bu yil o'tkazilishi qiyindek tuyulmoqda.
Agar Fyurining promouteri Bob Arum mo'jiza sodir qilib jangni AQSHda tashkil etishga erishmasa, unda bu jang bo'lishi juda qiyin. Oldingi jang chiptalar sotuvi bo'yicha rekord natijaga erishgan. Deyarli 20 million dollarlik chipta sotilgan. Hozir esa buncha miqdordagi pulni chiptalardan topib bo'lmaydi. SHuning uchun bokschilar xohlayotgan pulni topishni boshqa yo'lini qidirish kerak. Bu juda qiyin ish", - dedi Uorren.
Fikrlar