25 okt 16:27
Yangiliklar
Boks/MMA
Fyuri Usik bilan jangdan bir kun oldin farzandidan ayrilgani malum bo'ldi
Bu haqda Tayson kechagi matbuot anjumanida xabar berdi.
"U o'zining olti oyligida edi, bu tushib qolish emas, balki o'lik tug'ilish edi. Rafiqam men o'zga yurtda ekanimda, yolg'iz o'zi buni boshidan o'tkazdi. Yolg'izlik yaxshi emas. U yonimga kela olmasligini aytganida, nimadir noto'g'ri ekanligini his qildim. Turki bizga shaxsiy samolyot va bortda shifokor taklif qildi, lekin u kela olmasligini aytdi. U chaqaloqni yo'qotganini aytmadi, lekin men tushundim. Qaytib kelganimda bunga amin bo'ldim. U bolaning yo'qligini yashirdi", dedi Fyuri.
Havola :
Manba : fighthub
Fikrlar