05 fev 12:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Fyuri Usik bilan jangining yangi sanasi anonsiga o'z munosabatini bildirdi
Tayson Fyuri Aleksandr Usik bilan jangi 18 may kuni Ar-Riyodda o'tkazilishi tasdiqladi.
"Bizda jangning yangi sanasi bor. Bazida hayotda yomon vaziyatlar bo'lib turadi, ammo seni hisobdan chiqarishlariga yo'l qo'yib bermaslik kerak. Oldinga harakat qilishda davom etamiz. Bu jarohatga qarang. Tirsak bilan berilgan kichik zarba hayotimdagi eng katta jangga halal berib qoldi. Ammo nima qilamiz?
Usik ham nimalardir deyapti: "Tayson nafaqaga ketishi kerak, u nafaqaga ketishni istamoqda". Xech qanday nafaqa yo'q!Men seni nokaut qilaman! 18 may - yangi sana. Saudiya Arabistonidan eksklyuziv jonli efir. SHunchaki sizga xabar berib qo'yishga qaror qildim", - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : Boxing News 24
Fikrlar