10 iyu 17:58
Yangiliklar
Boks/MMA
Fyuri Usik bilan jangni nega rad etgani aytildi
Eddi Xirn Fyurining Usik bilan jangni rad etishi sababini aytdi.
"Fyuri oraliq jang o'tkazib, keyin Usik bilan jang qilmoqchi edi. Biroq kelishuv barbod bo'ldi. Unga Usikning uslubi yoqadi, deb o'ylamayman. Ehtimol, Fyuri Usik bilan jangga qiziqmas. Fyuri bu jangdan havotir olmaydi deb o'ylamayman. Agar u hech narsadan tashvishlanmasa, shartnoma imzolab, Usik bilan jang qilgan bo'lar edi. Agar Fyuri uni mag'lub eta olishiga ishonganida, jangni qabul qilgan bo'lar edi", - deya Xirnning so'zlarini keltiradi Mirror nashri.
Eslatib o'tamiz, Fyuri so'nggi bor 24 aprel kuni, Dillian Uaytga qarshi jang qilgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar