25 avg 16:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri Usik haqida: "Men uni hurmat qilmayman"
Tayson Fyuri Aleksandr Usikni jiddiy raqib sifatida ko'rmasligini aytdi.
"Bir haftalik mashg'ulotlardan so'ng Usikni mag'lub etishim mumkin edi! Usik ona suti og'zidan ketmagan havaskor bokschi bo'lganida, men og'ir vaznda Britaniya chempioni edim. U havaskor sifatida 75 kilogramm vaznda boks bilan shug'ullangan. SHuning uchun men uni o'rta vaznli deb atayman.
Men hech qachon bu oson ish bo'lishini aytmaganman. Ammo P4P afsonasi haqidagi bu gaplar bemanilik, men uni unchalik qadrlamayman. Men Usikni hurmat qilmayman va uni ajoyib jangchi deb hisoblamayman", - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar