22 avg 13:01
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/233039_220.jpg)
Fyuri - Usik jangi shu yilning o'zida tashkil etilishi mumkin
Daily Mail nashrining xabar berishicha superog'ir vazn toifasi vakillari - Tayson Fyuri va Aleksandr Usik o'rtasidagi mutlaq chempionlik jangi shu yilning oxirida bo'lib o'tishi mumkin ekan.
Manbaga ko'ra, superog'ir vaznda mutlaq jahon chempioni unvoni uchun kechadigan jangning 17 dekabr kuni Saudiya Arabistonida o'tkazilishi reja qilinmoqda.
"Bizni superog'ir vazndagi mutlaq chempionlik jangi juda qiziqtiradi. Ushbu jangni Ar-Riyod shahrida o'tkazishni reja qilganmiz", — dedi Saudiya Arabistoni sport vaziri Abdulaziz bin Turki Al-Feysal.
Eslatib o'tamiz, 21 avgust tongida Aleksandr Usik va Entoni Joshua o'rtasidagi revansh jangi bo'lib o'tgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar