25 apr 13:37
Yangiliklar
Boks/MMA
Fyuri Usik-Joshua jangi g'olibiga qarshi kim ringga ko'tarilishga haqli ekanligini aytdi
Kechagi jangdan so'ng faoliyatini yakunlagan Tayson Fyuri Aleksandr Usik va Entoni Joshua o'rtasidagi jang g'olibiga qarshi sobiq chempion Deontey Uaylder ringga ko'tarilishga haqli deb hisoblaydi.
«Men Aleksandr Usik va Entoni Joshua o'rtasidagi jang g'olibiga qarshi Deontey Uaylder ringga ko'tarilishini istayman. Nega? Birinchidan u ayni vaqtda eng ko'p chempionlik jangida ishtirok etgan. U Muhammad Alining natijasini qayd etdi, Vitaliy Klichkoning rekordini yangiladi. Uni eng kuchli bokschi deb hisoblayman. Deontey istalgan raqibni nokaut qilishga qodir»,-deb fikr bildirgan Tayson.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar