29 iyu 16:31
Yangiliklar
Fyuri: "Usik Joshua uchun juda ham aqllilik qiladi"
"Usik uning uchun juda ham aqlli deb o'ylayman. Juda ham aqlli, tezkor va chapaqay bokschi. Superog'ir vaznda birgina zarba kerak bo'ladi. O'tgan safar ukrainalik bokschi shu tarzda ishonchli g'alabaga erishdi, Usikning yuzi anchagina "bejalgan" bo'lishiga qaramasdan. Uni urish unchalik ham qiyin emas. Usik sizning ro'paraningizda turadi, shuning uchun ham Joshua unga kuchli zarbalar yo'llashi mumkinligi aniq edi. Ko'p bor guvohi bo'lganimizdek, har kim ham g'olib bo'lishi mumkin jangda. Hozir Usikni mag'lub etishning ayni vaqti. Usik Joshua uchun juda yaxshi raqib, menimcha. U 12 raund davomida Usikga bosim o'tkazib, uni nokautga uchratadi, deb o'ylamayman. Buning uchun siz elita inson bo'lishingiz kerak, Joshuada g'alaba qozonish istagi yo'q, menimcha. U ikkinchi o'rinda ekanidan baxtli, ikkinchi raqamli ekanidan juda ham xursand. Agar siz ikkinchi o'rin bo'lishga bajonidil rozi bo'lsangiz, boshqa hech narsa demang", - deya Fyurining so'zlarini keltiradi BoxingScene nashri.
Malumot uchun, bokschilar o'rtasidagi ilk jangda Aleksandr Usik g'alaba qozongan, revansh jangi esa 20 avgust kuni o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Avvalroq, bokschilarning ushbu jang uchun qancha miqdorda gonorar olishlari haqida xabar bergan edik,
Fikrlar