05 sen 07:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri Usikni nechinchi raundda nokaut qilishini aytdi
Superog'ir vaznda WBC chempioni Tayson Fyuri WBA, WBO, IBO va IBF kamarlari sohibi Aleksandr Usikka qarshi jang haqida yana bir bor gapirdi.
"Menimcha, Usik qo'rqqani uchun qochayapti. U jang qilishga rozi bo'lsa, o'ziga nima bo'lishini biladi. Men uni yo'q qilaman. Murabbiy va men bunga aminmiz. Agar u menga olti raund dosh bera olsa, bu men uchun yomon chiqish bo'ladi. Albatta, uni olti raundda yanchib tashlayman. Murabbiy esa buni to'rt raundda qilishimni aytdi. Biz bu masalada bahslashdik", — dedi Fyuri.
Avvalroq, Usik — Fyuri jangi qachon, qaerda o'tkazilishi haqida malumot bergan edik.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar