21 dek 17:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri va Joshua birinchi jang borasida o'zaro kelishib olishdi
Og'ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri va WBA, IBF, WBO va IBO kamarlari sohibi Entoni Joshua o'zaro jang borasida kelishuvga erishishdi.
Bu haqida promouter Eddi Xirn malum qildi.
"Fyuri va Joshua 2021 yilda o'zaro ikkita jang qilishga og'zaki kelishib olishdi. Birinchi jang may-iyun oylarida bo'lib o'tadi. Jang deyarli hal bo'lgan. Faqatgina kichik masalalarga oydinlik kiritish kerak: kim oxirgi bo'lib ringga chiqadi, jang qaerda bo'ladi. SHunisi aniqki, bu to'qnashuv keyingisi bo'ladi", - deydi Eddi Xirn.
Eslatib o'tamiz, avvalroq ikki bokschi o'zaro ikkita jang qilishi, mag'lub bo'lgan jangchiga revansh olish huquqi berilishi haqida kelishilgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar