22 dek 08:46
Yangiliklar

Fyuri va Joshua jang shartlari bo'yicha kelishib oldi
WBC yo'nalishi chempioni Tayson Fyuri WBA, IBF, WBO va IBO kamarlari sohibi Entoni Joshuaga qarshi mutlaq jahon chempionligi uchun ringga ko'tariladi. Tomonlar ilk jang yuzasidan kelishib ham olishgan. Bu haqida taniqli jurnalist Mayk Koppinjer o'zining Tvitter sahifasida promouter Eddi Xirnning so'zlariga tayangan holda xabar bermoqda.
"Eddi Xirnning aytishicha, Fyuri va Joshua jang shartnomasi yuzasidan og'zaki kelishuvga erishishgan. Reja bo'yicha ilk jang 2021 yilning may yoki iyun oyida o'tkaziladi. Xirn faqat jangning qaerda o'tkazilishi va boshqa mayda detallarni hal qilib olsa bo'ldi", — dedi jurnalist.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Tayson Fyuri va Entoni Joshuaning 2021 yilda o'zaro ikkita jang o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishilgani haqida xabarlar berilgandi.
Fikrlar