23 dek 16:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri va Joshua jangi Britaniyada o'tkazilmaydimi?
Promouter Eddi Xirn WBC kamari sohibi Tayson Fyuri (30-0-1, 21 KO) va WBA, WBO va IBF kamarlari egaci Entoni Joshua (23-1, 21 KO) o'rtasidagi jang qaerda o'tkazilishi haqida gapirdi.
"Muzokaralar oxirida bu jang qaerda bo'lishini kelishamiz. Ammo bu Britaniya bo'lishi ehtimoldan juda yiroq. Hozirda London karantin holatida.
Agar biz jangni Angliyada o'tkazadigan bo'lsak, unda barcha tribunalarga muxlislar kiritilishiga ruhsat berilishi kerak.
Albatta, Fyuri va Joshua uyda jang qilishni xohlashadi. Ammo bu jangni butun dunyo kutyapti. Bu nafaqat boks, balki dunyo sportidagi katta hodisa", - dedi Eddi Xirn.
Havola :
Manba : Sky Sports
Fikrlar