12 sen 11:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri vs Uaylder. Trilogiya muxlislar ko'z o'ngida o'tkaziladi. Jang sanasi ham malum
Superog'ir vaznda WBC chempioni Tayson Fyuri hamda ushbu kamarning sobiq sohibi Deontey Uaylder o'rtasidagi uchinchi jang 19 dekabr kuni bo'lib o'tadi, deb xabar bermoqda Boxingnews24.
Trilogiyaga AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahri mezbonlik qiladi. Tashkilotchilar ushbu boks oqshomini muxlislar bilan o'tkazishga qaror qilishgan. Bob Arumga tegishli promouterlik kompaniyasi yangi 65 000 tomoshabinni o'z bag'riga oluvchi stadionga taxminan 15 000 muxlisni kiritishmoqchi.
"Biz xafvsizlik qoidalariga to'liq rioya qilgan holatda ish tutmoqchimiz. Bu borada tegishli tashkilotlar bilan ishlayapmiz. Nasib qilsa, Las-Vegasdagi yangi stadionda trilogiyani muvaffaqiyatli tarzda o'tkazamiz", — deya Arumning so'zlarini keltirmoqda Boxingnews24.
Havola :
Fikrlar