22 okt 18:30
Yangiliklar

Fyuriga qarshi uchinchi jang bo'ladimi? Usikning menejeri javob berdi
- Aleksandr Usik yana necha yil ringda qoladi?
- Menga uning qarori yoqmoqda. U faol bo'lib qolishni va jang qilishda davom etmoqchi. Bu uning qarori. Uning fikricha, hali yana ko'rsatilishi kerak bo'lgan narsalar bor. U o'tgan safargi jangdan so'ng shunday degandi: "Bu hali boshlanishi".
- U faoliyatini yakunlash haqida gapirdimi?
- Men xech qachon undan charchagani, motivaciya qolmagani haqida gaplar eshitmaganman. U doimo sportni davom ettirish istagida bo'lgan.
- Tayson Fyuri yana bitta jang so'ragan. Aleksandr buni istaydimi? Sizchi?
- Men bilmayman. Biz vaziyatni ko'rib chiqishimiz kerak. U ikki marotaba Fyurini mag'lub etdi. Muxlislar buni istashadimi? Bu savol menga emas. Bu muxlislarga. Ular stadionni to'ldira olishadimi? Bilmaymiz. Tayson Fyuri aytishga aytdi, lekin u haqiqatdan ham istaydimi? Uni bilib bo'lmaydi. U faoliyatini tugatganini aytib, yana qaytishi mumkin. Biz davom etamiz, lekin uniki nomalum.
Fikrlar