So’nggi yangiliklar

20:15"Қудратли сичқонча" UFC Шон-шуҳрат Залига киритилади 0 19:54Жоржио Пуллас Арман Царукян билан MMA қоидалари бўйича жанг ўтказмоқчи 0 19:33Венесуэла бош мураббийи: "Турнирда жисмоний жиҳатдан кучли, кўп югурадиган ва босим ўтказадиган жамоаларга қарши ўйнаяпмиз" 0 19:12Netflix Роузи — Карано жанги олдидан обуна нархларини оширди 0 18:51MMA ҳамжамиятининг Исраэль Адесаньянинг бугунги мағлубиятига муносабати 0 18:30Фомин ва Шин Хитойда чемпион бўлди 0 18:09"Ньюкасл" "Манчестер Сити" посбонини ўз сафига қўшиб олмоқчи 0 17:48Таэквондочиларимиз "Turkish Open-2026" турнирида қатнашади 0 17:27Навбаҳор Ҳамидова проф боксда иккинчи жангини ўтказади, у Zuffa Boxing Лигасига ўтиши мумкин! 0 17:06Царукян ва Ковингтонда ғалаба, Тажудинов эса Снайдерга мағлуб бўлди. RAF 7 турнирининг натижалари билан танишинг 0 16:45"Барселона" Левандовскига маошни қарийб 50 фоизга камайтириб, бир йиллик шартнома таклиф қилмоқда 0 16:24 Ўзбекистон камондан отиш федерациясига янги раис сайланди 0 16:03UFC Fight Night 271. Нокаутлар оқшомининг бонус соҳиблари маълум 0 15:42Полина Кудерметова Чарльстон WTA 500 турнири саралашини муваффақиятли бошлади 0 15:21"Барселона" Бернарду Сильвани текинга ҳам олишга тайёр эмас 0

06 jan 10:41
Yangiliklar

Boks/MMA

Fyurining murabbiyi: "Usik va Joshua jangining 30-soniyasidayoq kim g'olib bo'lishini bilgan edim"

Murabbiy SHugar Xill Styuard chempionlik uchun kurashni tomosha qilish o'rniga kechki ovqat tayyorlashni tanladi.

Superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi bo'yicha jahon chempioni Tayson Fyurining (31-0-1, 22 KO) murabbiyi SHugar Xill Styuard WBA, WBO, IBO va IBF kamarlari egasi Aleksandr Usik (19-0, 13 KO) va Entoni Joshua (24-2, 22 KO) o'rtasidagi jang bo'yicha fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Nufuzli mutaxassisning so'zlariga ko'ra, u jangni to'liq ko'rmagan, faqatgina bir qismini tomosha qilgan.

"Men Usik va Joshua jangini ko'rmadim. Biz Tayson bilan mashg'ulotlar lagerida edik. O'sha paytda, ular jang qilayotganda, men ko'chada barbekyu tayyorlayotgan edim. 

Men jang natijasidan hayron qolmadim. Men bahsni 30 soniya tomosha qildim va bo'ldi. Men shunchaki his qildim. Tomosha qilishni xohlamadim. 30 soniya va men tomosha qilmasligimni tushundim".

Styuard jang natijasini darxol bilganini tushuntirdi.

"Mendan nega bunday yo'l tutganimni so'rashdi. Men shunchaki natija qanday bo'lishini bilardim. Jang yaxshi bo'lmadi, xuddi shu yo'nalishda ketdi, eshitganimdek, hech narsa o'zgarmadi. Men ko'chaga chiqdim va mazali barbekyu, qovurg'a va steyk tayyorladim. Grilda yaxshi vaqt o'tkazdim", — dedi murabbiy.

Eslatib o'tamiz, Usik Joshuani hakamlarning umumiy qaroriga ko'ra mag'lub etgan edi. Bokschilar o'rtasidagi revansh jangi 2022 yilning birinchi yarmida bo'lishi mumkin.

Diyor Mavlonov tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing