10 apr 14:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyurining otasi: Fyuri va Joshua jangi uchun pul yo'q
WBC kamari chempioni Tayson Fyurining otasi Jon Fyuri o'g'lining WBA, IBF,WBO va IBO kamarlari sohibi Entoni Joshua bilan jangini tashkil qilish nega cho'zilayotgani haqida gapirdi.
"Promouterlar hozirgi sharoitda bu jangni tashkil qila olishmayapti. Bunga pul yo'q. Hech kim muxlislarsiz o'tadigan bu jangga katta mablag' bera olmaydi. Bunday pulni faqat saudiyaliklar berishi mumkin, ammo ular narxni ko'tarishga shoshilishmayapti. Bu jang juda noqulay paytda tashkillashtirilayapti.
Ammo biz baribir jang qilamiz va sizni xursand qilamiz", - dedi Jon Fyuri.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar