24 avg 08:24
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/233224_220.jpg)
Fyurining promouteri Usikka qarshi jang haqida gapirdi
Superog'ir vazn toifasida WVC chempioni britaniyalik Tayson Fyurining promouteri Frenk Uorren mijozi hamda WBA, WBO, IBF va IBO chempioni ukrainalik Aleksandr Usik o'rtasida jang tashkil qilish imkoniyati haqida gapirdi.
"Tayson bu jangni xohlashini bilaman. Bob Arum va menda ham shunday ehtiyoj bor. Bu erda hammasi pulga borib taqaladi. Har ikki bokschi ham jiddiy talablar qo'yishi aniq. Bu Muhammad Ali va Jo Freyzer jangidan keyingi eng katta superog'ir vazn toifasidagi chempionlik jangi bo'ladi", - deya Uorrenning so'zlaridan iqtibos keltiradi talkSport.
Avvalroq,Fyuri va Usik o'rtasidagi jang shu yilning o'zida tashkil etilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar